207 mingdan ortiq odam qizamiq xastaligidan vafot etgan. Bu oxirgi 20 yildagi antirekord 

00:32 14 Noyabr 2020 Dunyo
1567 0

Fotо: Getty Images

2019-yilda dunyoda qariyb 870 ming odam qizamiqqa chalingan, 200 mingdan ortiq odam ushbu xastalik tufayli vafot etgan. Bu soʻnggi 23 yildagi eng yomon natija hisoblanadi.

Ushbu maʼlumot Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) hamda AQSHning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining (CDC) Jenevada chop etilgan hisobotida keltirilgan.

“Qizamiqqa chalinish 2019-yilda dunyo miqyosida keskin oʻsib, 23 yil ichida qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkichga aylandi”, deyiladi xabarda.

Unga koʻra, oʻtgan yili 869,770 kishida ushbu kasallik qayd etilgan. Shundan 207,5 ming nafar bemor hayotdan koʻz yumgan. Natijada 2016-yildan beri oʻlim koʻrsatkichi 50 foizga oshgan.

Chop etilgan hisobotga koʻra, 2010-yildan 2016-yilgacha ushbu xastalikka chalinish koʻrsatkichi pasayib, 2016-yilda “tarixiy jihatdan eng past” natija qayd etilgan.

Mutaxassislarning izohlashicha, vaziyatning keskin oʻsishi qizamiqqa qarshi emlash dasturlaridagi uzilishlar bilan bogʻliq. Taʼkidlanishicha, qizamiqni nazorat ostiga olish uchun kamida 95 foiz aholi emlanishi kerak. Ushbu jarayonda vaksinaning ikki dozasini olishni koʻzda tutadi. Tahlilga koʻra, hozir bu maqsadga zid ravishda bolalarning 85 foizdan koʻp boʻlmagan qismi vaksinaning birinchi dozasini va taxminan 71 foizi ikki dozasini olmoqda.

Qayd etilishicha, 2020-yilda tasdiqlangan qizamiq xastaligi holatlari soni kamaygan. Biroq, JSST va CDC koronavirus pandemiyasi sababli unga qarshi emlashlarning uzilishidan xavotirda. Xususan, noyabr oyi holatiga koʻra, 26 mamlakatda 94 million kishini immunizatsiya qilish muddati kechikmoqda.

“Ushbu maʼlumotlar dunyoning barcha mintaqalaridagi bolalarni qizamiqdan himoya qila olmasligimiz toʻgʻrisida aniq xabar bermoqda”, degan JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus xalqaro hamjamiyatni emlash vazifasini bajarish uchun birgalikda ishlashga daʼvat qilgan holda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер