2025-yilgi “Open budjet” loyihasining boshlanish sanasi maʼlum qilindi
2025-yil uchun Ochiq byudjet loyihalari taqvimi tasdiqlandi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Vazirlik xabariga koʻra, tashabbusli byudjetning birinchi mavsumiga 1-fevral kuni start beriladi. Birinchi mavsum gʻoliblari 21-mart kuni eʼlon qilinadi. Birinchi mavsum 48 kun davom etadi.
Tashabbusli byudjetning ikkinchi mavsumi 15-iyulda boshlanadi va 30 kun davom etadi. Ikkinchi mavsum gʻoliblari 1-sentyabr kuni eʼlon qilinishi belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring