2025-yilgacha qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha rejadan oshirib bajarilgan tushumlar Qoraqalpogʻiston byudjetida qoldiriladi

13:30 26 Avgust 2022 Siyosat
903 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Qoraqalpogʻistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish yoʻnalishida:

— Ijtimoiy himoya reyestriga kirgan oilalarga koʻmir, suyultirilgan gaz, oziq-ovqat va boshqa zarur ehtiyojlar uchun 600 ming soʻmdan bir martalik moddiy yordam ajratish;

— 15-sentyabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston uchun pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi boʻlgan shaxslarga temir yoʻl va avia chiptalar sotib olish uchun 50 foizlik imtiyozni tiklash;

— 2025-yilgacha qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha rejadan oshirib bajarilgan tushumlar Qoraqalpogʻiston byudjetida qoldirish;

— bogʻcha, maktab va tibbiyot muassasalari qurilishiga kelgusi besh yilda qoʻshimcha 5 trillion soʻm ajratish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, Qoraqalpogʻistonda aholi uchun yakka tartibdagi uy-joy qurish maqsadida yer uchastkasi taqdim etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

«Toʻgʻri, bu amaliyotga chek qoʻyganmiz, va boshqa hududlarda bunday imkoniyat yoʻq. Lekin, Qoraqalpogʻiston aholisi murojaatlarini inobatga olib, istisno qilib berishga tayyorman.

Faqat puxta ishlangan, adolatli va shaffof tizim asosida boʻlishi kerak», dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер