2025-yilga qadar 85 million odam ishsiz qolishi mumkin

22:01 19 Dekabr 2020 Dunyo
1349 0

Koronavirus pandemiyasi tufayli 100ga yaqin mamlakat ishsizlikka duch keldi. Mavjud vaziyatga moslashish maqsadida kompaniyalar oʻzlari uchun turli xil choralarni tanlab olishdi: ulardan biri avtomatlashtirish jarayonlarini tezlashtirish, ikkinchisi esa turli jarayonlarni raqamlashtirish boʻldi.

Bu haqda Jahon iqtisodiy forumining “Ish oʻrinlari kelajagi toʻgʻrisida”gi hisobotida maʼlum qilindi.

Shuningdek, hisobotda butun dunyodagi kompaniyalarning endilikda nima qilishni rejalashtirayotganligi haqida ham soʻz borgan. Unga koʻra, kompaniyalarning atigi 1 foizi ishchilar sonini koʻpaytirishni, 14 foizi ishchilar sonini doimiy ravishda qisqartirib borishni, 28 foizi ularni vaqtincha ishdan boʻshatishni, 30 foizi xodimlarni vaqtincha boshqa lavozimlarga oʻtkazishni, 83 foizi esa vazifalar jarayonini avtomatlashtirishni tezlashtirishni rejalashtirgani ayon boʻlgan.

Soʻrovda qatnashgan biznes-rahbarlarning 80% dan ortigʻi ish jarayonlarini avtomatlashtirishni tezlashtirayotganliklarini aytishgan. 50% biznes-rahbarlar esa oʻz kompaniyalaridagi ish joylarini avtomatlashtirishni tezlashtirish niyatida ekanliklarini qayd etishgan.

Maʼlumotlarga koʻra, 2025-yilga kelib odamlar, mashinalar va algoritmlar oʻrtasidagi mehnat taqsimotining oʻzgarishi dunyo boʻylab 15 foiz ishchi kuchi - 85 million xodimning ish jarayonini buzadi.

Taʼkidlanishicha, bu 97 million xodim uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Zero, avtomatlashtirish jarayonida bir ish oʻrnini yoʻq qilib, boshqalarini yaratish tendensiyasi mavjud. Biroq buning uchun oʻn millionlab odamlar yangi kasblar uchun qayta oʻqishi kerak boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер