2025-yilda Oʻzbekistonga qancha un import qilingani aytildi
2025-yilda Oʻzbekistonga 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 124,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 422,6 ming tonna bugʻdoy uni import qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
2025-yilda Oʻzbekistonga eng koʻp bugʻdoy uni yetkazib bergan davlatlar quyidagicha taqsimlangan:
- Qozogʻiston – 399,8 ming tonna;
- Rossiya – 22,1 ming tonna;
- Tojikiston – 425 tonna;
- AQSH – 90 tonna;
- Qirgʻiziston – 50 tonna;
- Boshqa davlatlar – 71,3 tonna.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, import hajmi 2024-yilga nisbatan 48,3 ming tonnaga yoki 10,3 foizga kamaygan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring