2025-yilda ikkita yangi institut tashkil etiladi
“Qishloq xoʻjaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalari kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, quyidagilar tashkil etiladi:
Qishloq xoʻjaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti;
Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
Ularda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga qatʼiy hisobda turadigan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan sertifikat beriladi.
2025-yil 1-yanvargacha ularga nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarini bitirgan vatandoshlar va chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi.
Shuningdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi institutlarning mahalliy professor-oʻqituvchilarini jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xorijiy yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish, stajirovka va oʻqishga yuborish choralarini koʻradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring