2024-yilning eng mashhur parollari maʼlum boʻldi. Reyting “123456”dan boshlanadi
“NordPass” tomonidan 2024-yilda foydalanilgan 200 ta eng keng tarqalgan parollar reytingi eʼlon qilindi. Unda xuddi bir yil avvalgidek “123456” yetakchilik qilgan.
Top 10 talikka “123456789”, “12345678”, “parol”, “qwerty123”, “qwerty1”, “111111”, “12345”, “secret” va “123123” ham kirdi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu parollardan birini buzish bir soniyadan kamroq vaqtni oladi.
Roʻyxatni tuzish uchun ekspertlar ochiq manbalardan olingan 2,5 TB maʼlumotlarni, shu jumladan darknetda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni oʻrganishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring