2024 yildan Bekobod, Xo‘jakent va Angren yo‘nalishlarini poytaxt bilan bog‘laydigan 10 ta elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi
Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Bugungi kunda Toshkent viloyatida bundan 30-40 yil oldin olib kelingan 4 ta elektropoyezd harakatlanmoqda.
Shu bois, odamlarimizning uzog‘ini yaqin qilish, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida elektropoyezdlar to‘liq yangilanadi.
Jumladan, 2024 yildan Bekobod, Xo‘jakent va Angren yo‘nalishlarini poytaxt bilan bog‘laydigan 10 ta elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi”, – dedi nomzod.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring