2023-yilning uchinchi choragida Rossiya kompaniyalari va davlat idoralariga xakerlik hujumlari soni oshgan
Rossiyada 2023-yilning uchinchi choragida axborot xavfsizligi bilan bogʻliq hodisalar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 85 foizga oshgan. Bir kun ichida Rossiya resurslariga 170 dan ortiq hujumlar amalga oshirildi, deya xabar beradi sanoat vakillari.
Joriy yil boshidan beri 445 millionga yaqin maxfiy maʼlumotlar oʻgʻirlangan boʻlib, ularning umumiy hajmi 91,88 terabaytni tashkil qilgan. Bu maʼlumotlarni “Solar” kompaniyalar guruhi bosh direktori Igor Lyapunov taqdim etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring