2023-yilda turistik charter poyezdlar harakati yo'lga qo'yiladi

18:46 12 Aprel 2023 Jamiyat
2188 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Xalqaro turizmni rivojlantirish maqsadida 2023-yilda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati hamda Germaniyaning "Lernidee Erlebnisreisen"turistik kompaniyasi hamkorligida 10 ga yaqin turistik charter poyezdlar harakatlanishi rejalashtirilgan.

2023-yilning 12-aprel kuni Germaniyaning "Lernidee Erlebnisreisen" turistik kompaniyasi hamkorligida "Orient Silk Road Express" nomi bilan turistik charter poyezdi joriy yilda ilk bor qatnovini boshladi.

 "Toshkent – Buxoro - Xiva - Samarqand - Qamashi - Kitob - Turkiston - Bishkek – Olma-Ota" yo‘nalishida harakatini amalga oshiradigan ushbu poyezdda Norvegiya, Shvetsariya, Fransiya, Germaniya, AQSH va boshqa davlatlardan  kelgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatiladi.

2023-yilda birinchi bor harakatini boshlaydigan mazkur turistik charter poyezd jo‘nashi oldidan Toshkent markaziy temiryo‘l vokzalida tashkil qilingan tadbirda OAV vakillariga shu haqda keng ma’lumot berildi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер