2023-yilda toʻqimachilik korxonalari 27 xalqaro brendlar ostida mahsulot eksport qilgan
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻztoʻqimachiliksanoati” uyushmasi axborot xizmati rahbari Shahzoda Qoʻchqorova maʼlum qildi.
Yil yakuni bilan brendlarga 1,2 mlrd. dollarlik toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilinishiga olib keldi.
Joriy yilda Germaniya, Rossiya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Turkiya, AQSH kabi mamlakatlarda 16 ta yirik Xalqaro koʻrgazmalarda 150 dan ortiq korxonalar ishtiroki taʼminlandi.
Qoʻshimcha ravishda elektron tijoratni rivojlantirish natijasida Wildberries, Ozon kabi marketpleyslar orqali 400 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.
Qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va raqobatni oshirish maqsadida joriy yilda 110 ming tonnadan ortiq sunʼiy tola va aralash matolar qayta ishlandi.
Ushbu ishlar natijasida yil yakuniga qadar 3,5 mlrd. dollar miqdorida eksport taʼminlanishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring