2023-yilda tibbiy taʼlimda qanday oʻzgarishlar kutilmoqda?

15:02 19 Fevral 2023 Jamiyat
917 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqarma boshligʻi Oʻktam Ismailovning aytishicha, 2023-yilda 7,5 ming nafar bitiruvchi hisobiga oilaviy shifokor vakansiyasini 90 foizga, tor mutaxassislar boʻsh oʻrinlarini esa 70 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, bu yildan boshlab har yili kamida 500 nafar yosh, iqtidorli pedagog hamda kollej va texnikum direktorlari chet elda malaka oshiradi.

Qolaversa, oliy taʼlim muassasalarida oliy malakali hamshiralar tayyorlash 4 yillik xalqaro oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi. Talabalar 2 yil Oʻzbekistonda, 2 yil xorijda taʼlim oladi.

Tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura oʻquv rejalariga “nano texnologiya”, “tibbiyot genetikasi”, “IT-texnologiya” kabi fanlar kiritiladi va xorijiy pedagoglarni jalb qilgan holda oʻquv jarayonlari tashkil etiladi.

Talabalarning nazariy va amaliy bilim hamda koʻnikmalarini baholash boʻyicha ikki bosqichli yangi tizim joriy etiladi.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda kadrlar tayyorlash tizimi mutlaqo yangi tartib va yoʻnalishlarda yoʻlga qoʻyiladi. Unga koʻra:

— birlamchi boʻgʻin muassasalari uchun kollejlarda umumiy amaliyot hamshirasini tayyorlash 2 yillik dastur asosida amalga oshiriladi;

— texnikumlarda ixtisoslashtirilgan hamshiralar 3 yillik dastur asosida oʻqitiladi;

— 2023-yil fevral oyidan boshlab 2-Respublika tibbiyot kolleji negizida shifokor va hamshiralarni tayyorlash boʻyicha Saudiya Arabistonining “Al Habib akademiyasi” tashkil etiladi.

— Turkiyaning sogʻliq bilimlari universiteti bilan hamkorlikda Hamshiralar Akademiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Eng muhimi, shu yildan har bir kollej va texnikumga xalqaro qoʻshma taʼlim dasturlari joriy qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер