2023-yilda qurilish ishlari qariyb 107 foizga oshgan
AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda oʻtgan yilda qurilish-bunyodkorlik ishlari tahlili haqida maʼlumot berildi.
Umuman olganda, 2023-yilda uy-joy qurish hajmi 1,5 baravarga ortib, 90 ming xonadonli uylarda qurilish ishlari tashkil etildi.
Yangi joriy etilgan “Tashabbusli byudjet” tizimi hududlarda bunyodkorlik ishlari koʻlamining yanada kengayishiga turtki boʻldi. Xususan, ushbu tizim orqali olingan 5,5 трлн.сўм mablagʻ hisobiga mahallalardagi 4701 ta obyektda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
2023-yil manzilli roʻyxatga asosan 15 ta shaharsozlik normalari va qoidalari, 34 ta standartlar, 27 ta qurilish reglamentlari va 10 ta “smeta-resurs” normalari ishlab chiqildi.
“Qurilish nazorati” axborot tizimi orqali 12 mingdan ortiq obyekt nazoratga olindi va shu asosda Vazirlik huzuridagi Inspeksiya tomonidan 172 mingdan ziyod monitoring oʻtkazildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring