2023-yilda hokim yordamchilari koʻmagida 241 ming nafar fuqaroga ijara asosida yer ajratildi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Nosir Boymirzayev maʼlum qildi.
Shuningdek, 1,6 mln nafar fuqaro oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olindi.
Hokim yordamchilarining tavsiyanomalari asosida
472 mingta loyihaga 10 trln. soʻmlik kreditlar ajratildi.
Hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 54 mingta “mahallabay” mikroloyihadan 51 mingtasi ishga tushirilib, natijada 206 mingta ish oʻrni yaratildi.
Hokim yordamchilari tomonidan 1,1 mln.dan ortiq kambagʻal oilaga individual dasturlar ishlab chiqilib, qisqa davrda bu oilalarning 95 ming nafar ishsiz aʼzolari doimiy ish oʻrinlariga joylashtirildi, 36 ming nafariga imtiyozli kredit va 8 ming nafariga subsidiyalar ajratildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring