2023-yil yakuniga koʻra oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar soni 2,5 mln. nafarni tashkil etdi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Soliq qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Dildora Hoshimova maʼlum qildi.
Noqonuniy ish oʻrinlari legallashtirilganligi hisobiga daromad soligʻi toʻlovchilar 263,2 ming nafarga koʻpayib, 5,3 mlntaga yetdi.
Shuningdek, ish haqining oshirilishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha qoʻshimcha 1,9 trln. soʻm tushirish imkoniyatini berdi.
Oʻtgan yil davomida 90 mingga yaqin yuridik shaxs roʻyxatga olinib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 570,4 mingtaga va 97 mingdan ortiq fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor safiga qoʻshilib, jami faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 240,7 ming nafarga yetdi.
Soliq tushumlari boʻyicha 2023-yil uchun 163,8 trln soʻm yillik prognoz amalda 165,9 трлн.сўм (101,3%) yaʼni 2,1 трлн.сўм ortigʻi bilan bajarildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring