2023-yil davomida 962,6 mln. soʻmlik dori vositalari elektron retsept orqali bemorlarga bepul berilgan

17:19 01 Mart 2024 Jamiyat
645 0

AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Dori-darmon” AK boshqarma boshligʻi Sohib Mahmudov oʻtgan yilda aholini ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori-vositalari bilan taʼminlash yoʻnalishidagi ishlar tahlili yuzasidan maʼlumot berdi:

Xususan, 2023-yilda 2 154 784 doza grippga qarshi vaksina olib kelingan boʻlib, bu vaksinalar Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga va boshqa tibbiyot markazlariga yetkazib berildi.

Kompaniya tomonidan oʻtgan yilda 14,7 mlrd. soʻmlik 682 465 flakon insulin kirim qilindi, shundan 272 825 flakon insulin Sogʻliqni saqlash vazirligiga yetkazib berildi.

Kompaniya Germaniyaning “Biotest Pharma GmbH” tomonidan ishlab chiqarilgan 3 800 dona “Intratekt”-Odam normal immunoglobulini xaridini amalga oshirdi va shartnoma asosida Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Oʼzmedimpeks” davlat muassasasiga yetkazib berildi.

Umuman olganda, 2023-yil davomida qariyb 68,0 mlrd. soʻmlik ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari xarid qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер