2022-yilning eng yaxshi smartfon ishlab chiqaruvchilari eʼlon qilindi
Foto: Illustrativ surat
Xitoyning Chn-Brand tadqiqot kompaniyasi eng yaxshi smartfon ishlab chiqaruvchilari nomini eʼlon qildi. Tadqiqot mijozlarning sodiqligi, ularning kompaniya mahsulotlaridan umumiy qoniqishi parametrlari asosida oʻtkazilgan.
Dastlabki uch oʻrinni jami 86, 85 va 83 ball bilan Apple, Huawei va Xiaomi egallagan. Aynan shu brendlar 2021-yili ham kuchli uchlikka kirgan. Shuningdek, Huawei faqat foydalanuvchilarning sodiqligi boʻyicha Appleʻdan ortda qolgan.
Xitoyning Oppo brendi 2021-yili Honor tomonidan band etilgan toʻrtinchi oʻrinni egallagan, Honorʻning oʻzi esa 2022-yilda beshinchi oʻringa tushib ketgan. Reytingga birinchi marta kirgan iQOO va Redmi brendlari darhol mos ravishda oltinchi va yettinchi oʻrinlarni egallagan. Vivo va Samsung mos ravishda sakkizinchi va toʻqqizinchi oʻrinlarni band qilib, bir nechta pozitsiyalarni yoʻqotgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring