2022-yildagi ilk emlash kunida 151 330 doza vaksinadan foydalanildi
2022-yil 5-yanvarda mamlakatimiz hududlari boʻylab 151 330 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 18 038 nafarni,
— 2-bosqich emlanganlar 70 278 nafarni,
— 3-bosqich emlanganlar 63 014 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 39 355 263 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 18 856 664 nafarni,
— 2-bosqichda emlanganlar 13 578 068 nafarni,
— 3-bosqich emlanganlar 6 920 531 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:
— Samarqand viloyati (26 859 doza),
— Fargʻona viloyati (24 209 doza),
— Toshkent shahri (18 580 doza) band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 87,9 foizni, toʻliq bosqichlarda emlanish koʻrsatchiki esa 63,4 foizni tashkil qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring