2022-yilda yuqumli kasalliklarga qarshi emlash uchun 205 mlrd soʻm ajratildi va emlash qamrovi 98 foizga yetkazildi
Foto: Arxiv surat
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan Aholining epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻtkazilgan profilaktik, epidemiyaga qarshi hamda maqsadli emlash tadbirlar natijasida, soʻnggi 5 yilda ayrim kasalliklar tugatildi, koʻplab kasalliklar dinamikasida keskin pasayish kuzatildi.
2022-yilda bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash uchun 205 mlrd soʻm ajratildi, bu mablagʻlar 2017-yilda ajratilgan mablagʻlarga nisbatan 10 baravarga koʻp va emlash qamrovi 98 foizga yetkazildi. Soʻnggi 5 yil davomida emlash kalendariga 4 turdagi yangi vaksinalar kiritildi.
Natijada 2017-yilda qizamiq va qizilcha kasalligi, 2018-yilda bezgak kasalligi tugatilganligi toʻgʻrisida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti sertifikatlari olindi, oʻlat, vabo, shol, difteriya, qoqshol kasalliklari umuman qayd etilmadi. 2022-yil yakuniga kelib 2018-yilga nisbatan brutsellyoz 30 foizga (242 ta holat), virusli gepatitning “V” turi 96,4 foizga (188 ta holat), virusli gepatitning “S” turi 89,9 foizga (62 ta holat), OIV infeksiyasi 4,2 foizga (172 ta holat)ga kamaydi.
Soʻnggi bir yil davomida Yevropa va Jahon savdo tashkilotlari va xalqaro talablardan kelib chiqib, taʼlim, qurilish, oziq-ovqat va boshqa sohalar boʻyicha 37 ta sanitariya qoida va meʼyorlari yangi tahrirda qabul qilindi va xalqaro andozalarga moslashtirildi.
Soha rivoji uchun va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida 243,4 mln dollarlik 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
1. Respublika immunoprofilaktika tizimi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida GAVI tashkilotidan 2017-2021-yillarga moʻljallangan 17,0 mln dollar miqdorida grant mablagʻlari hisobiga 13 ta vaksinalarni saqlash omborlari yangidan qurildi, 17 ta katta va 206 ta kichik hajmdagi refrejiratorli avtotransport vositalari qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va tuman(shahar) boʻlimlariga tarqatildi
2. Koreya hukumati KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti) ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlarni tashxislash samaradorligini oshirish” grant loyihasi asosida 6 mln dollar qiymatiga ega loyihasi doirasida qoʻmitaning 8 ta hududiy boshqarmalarini bakteriologiya va parazitologiya laboratoriyalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.
3. Islom Taraqqiyot Bankining 17,44 mln dollar mablagʻlariga 98 ta sanitariya-gigiyena laboratoriyalariga 108 turdagi asbob-uskunalarni xarid qilindi.
4. AQSHning SDS tashkiloti bilan hamkorlikda Osiyo davlatlari orasida birinchi boʻlib antibiotikka chidamlilikni aniqlash boʻyicha markaz tashkil etildi. Bu markazning ishi asosan kasallik qoʻzgʻatuvchilariga antibiotiklarga sezuvchanlikni oʻrganadi, antibiotiklardan toʻgʻri foydalaniladi va ogʻir asoratlar oldi olinadi,
Bundan tashqari, axborot-kommunikatsiya tizimi tubdan takomillashtiriladi, kadrlar kasbiy tayyorgarlikdan oʻtkaziladi va oʻta xavfli infeksiyalar tarqalishini real vaqtda nazoratini olib borish imkoniyatini yaratuvchi yagona tizimini yaratishga erishiladi.
5. Qoʻmita qoshida Milliy referens laboratoriyasi ishga tushirildi. Ushbu referens laboratoriyani qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun, jami 20,5 mlrd soʻm mablagʻ sarflandi. Shuningdek, respublika boʻyicha 170 dan ortiq PZR apparatlari bilan jihozlangan polimeraza zanjir reaksiyasi usulida tahlil oʻtkazishga ixtisoslashgan virusologik laboratoriyalar faoliyat koʻrsatmoqda.
Milliy referens laboratoriyasi va 13 ta tarkibiy laboratoriyalari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazildi.
Ushbu laboratoriya majmualari tomonidan oʻtkazilgan xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha tahlil natijalari oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti jarayonlarida dunyo mamlakatlarida tan olinadi.
Qoʻmitaning ilmiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida, 2022-yilning 1-yanvaridan boshlab, faoliyat yuritayotgan fan nomzodi va fan doktori ilmiy unvoni boʻlgan xodimlar oylik maoshiga qoʻshimcha Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan 30 va 60 foizlik bazaviy moliyalashtirish yoʻlga qoʻyildi.
Qoʻmita tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot institutlari moliyalashtirilishi davlat byudjeti hisobiga oʻtkazildi.
2022-yilning oʻzida 8 nafar fan nomzodi, 3 nafar fan doktorlari oʻz dissertatsiyalarini himoya qilishdi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining ilmiy-amaliy jurnali tashkil etilib roʻyxatdan oʻtkazildi va har chorakda bir marotaba nashr etish yoʻlga qoʻyildi. Hozirda jurnalning 4 ta sonida 260 ta maqolalar chop etildi. Shu jumladan, mahalliy ilmiy jurnallarda 19 ta maqola chop ettirildi.
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini mahalliy ishlab ishlab chiqaruvchilar tomonidan eksport qilish va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan import qilinayotgan mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirilib berilishda asossiz harakatlar qilinishiga, ortiqcha maʼmuriy hamda boshqa cheklovlarni bartaraf etish maqsadida, tadbirkorlik subyektlariga yaqindan yordam koʻrsatilmoqda.
Bugungi kunga qadar oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti bilan shugʻullanadigan 1788 ta eksportyor korxonalar roʻyxati shakllantirildi. Ularga 1452 nafar qoʻmita xodimlari biriktirilib, 1788 ta eksportyor korxonalarda monitoring oʻtkazildi, ularning muammolari oʻrganildi.
Chetdan olib kelinadigan mahsulotga sanitariya-epidemiologik xulosa olish uchun qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga kelganlik toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan holda tovarga ilova qilinadigan hujjatlarning (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) nusxalari hamda ishlab chiqaruvchining kelib chiqish mamlakati sertifikati (tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisida ishonchli axborot mavjud boʻlmagan taqdirda) nusxalari taqdim etilishi shart edi, qaror bilan bu hujjatlarini talab etilishi bekor qilindi. Bunda sanitariya-epidemiologik xulosalar rasmiylashtirish jarayoni 30 foizgacha qisqartirildi.
Shu bilan birga, chetdan olib kelinayotgan mahsulotga sanitariya-epidemiologik xulosa mahsulotning yaroqlilik davriga, yaroqlilik muddatiga ega boʻlmagan mahsulotga esa-muddati koʻrsatilmasdan berilar edi qaror bilan chetdan olib kelinayotgan mahsulotga sanitariya-epidemiologik xulosa aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida sanitariya-epidemiologiya xulosasi bir kalendar yilidan oshmagan muddatga bir marotaba berish joriy etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring