2022-yilda tuman markazlari va shaharlarda 670 kilometr piyoda va velosiped yoʻlaklari barpo etish reja qilingan
Foto: president.uz
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Poytaxtda ham 250 kilometr sement-beton qoplamali yoʻllar quriladi. Bu ishlar uchun Toshkent shahri mahallalarini obod qilishga ajratilgan 1 trillion soʻmga yana 200 milliard soʻm yoʻnaltiradi.
Bulardan tashqari, 2022-yilda tuman markazlari va shaharlarda 670 kilometr piyoda va velosiped yoʻlaklari barpo etish reja qilingani, ular ham sement-betondan boʻlishi kerakligi aytildi.
Mart oyida 25 kun davom etgan yogʻingarchilik drenaj tizimidagi kamchiliklarni koʻrsatgan, shu bois ushbu yoʻlaklarni loyihalashda lotoklar qurishga ham alohida eʼtibor qaratish zarurligi qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring