2022-yilda Sogʻliqni saqlash vazirligiga aholidan jami 87 288 ta murojaat kelib tushgan

21:14 04 Yanvar 2023 Jamiyat
1006 0

Foto: SSV matbuot xizmati

Oʻtgan 2022-yilda vazirlikka aholi murojaatlari soni 2021-yilga nisbatan 3 barobar kamayib, 14 mingtani tashkil qildi, — dedi Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov.

Bu ijobiy holat. Lekin, hududiy boshqarmalar, bevosita muassasalarning oʻziga kelayotgan murojaatlar soni ortgan.

Xususan, tizimdagi tashkilotlarga 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 87 288 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, bu oʻtgan 2021-yilning mos davriga nisbatan (78 754 ta) 11 foizga ortgan.

Eng yuqori oʻsish koʻrsatkichlari:

— Namangan viloyati 7739 ta (5471 ta) — 41 foiz,

— Jizzax viloyati 5262 ta (4165 ta) — 26 foiz,

— Surxondaryo viloyati 9154 ta (7402 ta) — 24 foiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер