2022-yilda gʻalla hosili uchun minimal narx maʼlum qilindi

17:25 04 Sentyabr 2021 Iqtisodiyot
2560 0

Jahon bozori hamda mintaqaviy tovar birjalaridagi gʻalla xarid narxlari tahlil qilindi va mahalliy xarajatlarni inobatga olgan holda kelgusi 2022-yil gʻalla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlar ishlab chiqildi. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 2022-yil kutilayotgan minimal narx 1 tonna gʻalla hosili uchun 2,5 mln soʻm boʻlishini eʼlon qildi.

Mazkur minimal narx tavsiyaviy xarakterga ega boʻlib, gʻalla yetishtiruvchi va uni qabul qiluvchi subyektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida gʻalla xarid narxlarini oʻzaro manfatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilaydilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер