2022-yil “Tez yordam”ga qancha chaqiriq kelib tushdi?

13:59 17 Yanvar 2023 Jamiyat
853 0

Foto: SSV matbuot xizmati

Baxtsiz hodisalar kutilmaganda roʻy beradi. Bunday ogʻir vaziyatda bemorlar hayotini saqlab qolishda har daqiqa va soniyaning qadri oltinga teng.

Albatta, bu holatda, avvalo, “Tez yordam” xodimlari jonimizga oro kiradi. Aynan ushbu soha fidoyilarining beminnat koʻmagi bilan kasallik xuruji yoki ogʻir jarohat asoratlaridan tezda xalos boʻlamiz.

Qayd etish lozim, bugun yurtimizda shakllangan tez tibbiy yordam xizmati aholiga sifatli va zamon talablariga mos xizmat koʻrsatish imkonini berayotir. Sohadagi oʻzgarishlar mazkur tizimni xalqqa yanada yaqinlashtirmoqda. Buni murojaatlar sonidan ham bilish mumkin.

— Oʻtgan yil mamlakatimiz boʻyicha “Tez yordam”ga jami 13 million 22 ming 162 ta chaqiriq kelib tushdi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi bosh direktori Abduvoitjon Gafurov. — Natijada har 1 000 nafar aholiga oʻrtacha 366 ta murojaat toʻgʻri keldi. Shundan 1 million 180 ming 416 nafar bemor shifoxonalarga gospitalizatsiya qilindi.

Eng koʻp murojaatlar:

— Fargʻona viloyatida 1 520 448 ta (11,67 foiz),

— Andijon viloyatida 1 415 023 ta (10,87 foiz),

— Toshkent shahrida 1 280 242 ta (9,83 foiz),

— Toshkent viloyatida 1 262 187 ta (9,69 foiz),

— Namangan viloyatida 1 227 318 ta (9,42 foiz) qayd etilgan.

Taqqoslash uchun aytsak, 2021-yil aholidan tez tibbiy yordam xizmatiga jami 12 million 590 ming 250 ta chaqiriq kelib tushgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер