2021-yilgi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanmoqda

00:33 14 Oktyabr 2020 Jamiyat
30163 0

2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi farmon loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Unga koʻra, 2021-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini taʼminlash maqsadida:

2021-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanadi:

1. 2-sentyabr-payshanba;

    3-sentyabr- juma.

2. 2021-yilda dam olish kuni 27-mart-shanba;
    
     22-mart-dushanba kuniga koʻchiriladi.

Belgilab qoʻyilishicha, 2021-yil 2-yanvar- shanba, 4-sentyabr - shanba va 22-mart- dushanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qatʼiy nazar, dam olish kuni hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер