2021-yilda Oʻzbekiston iqtisodiyoti 7,4 foizga oʻsgan
Foto: Халқ сўзи
2021-yilda Oʻzbekiston iqtisodiyoti 7,4 foizga oʻsdi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi. Taʼkidlanishicha, bunga oʻz vaqtida muvofiqlashtirilgan fiskal va monetar siyosat natijasida erishilgan.
2021-yilda YAIMning nominal hajmi 734,6 trln. soʻmni yoki 69,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bunda, qishloq xoʻjaligi YAIMning 25 foizini, xizmatlar 35,7 foizini, sanoat 25,8 foizini, qurilish 6,2 foizini va eksport import mahsulotlariga sof soliqlar 7,2 foizini tashkil etdi.
Bundan tashqari, yalpi qoʻshilgan qiymat 2021-yilda 7,5 foizga koʻpayib, 681,4 trln. soʻmni tashkil qildi. Oʻtgan yili iqtisodiy oʻsishning asosiy drayverlari sanoat va xizmatlar sohasi boʻlib, mos ravishda 9,2 va 8,7 foizga oʻsgan.
2021-yil yanvar-dekabr holatiga koʻra Oʻzbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari 2020-yilga nisbatan 33,8 foizga ortib, 8,1 mlrd. dollarga yetdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring