2021-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi bogʻ hududida mehmonxona ishga tushirilishi kutilmoqda
Bu haqda
Muzokaralarda kompaniyaning Oʻzbekistondagi investitsiyaviy faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi bogʻ hududida mehmonxona majmuasini qurish loyihasini amalga oshirishda sezilarli yutuqlarga erishilganligi taʼkidlandi. Mehmonxonaning ishga tushirilishi 2021-yilda kutilmoqda.
Turistik oqimlarni jalb qilish va turistik obyektlardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradigan innovatsion texnologiyalar joriy etilgan tegishli infratuzilmani yaratish boʻyicha kompaniyaning ulkan tajribasini hisobga olgan holda tomonlar Samarqand va Buxoro shaharlarida mehmonxonalar qurish boʻyicha yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini ham muhokama qildi.
Kompaniyaning moliya sektorini rivojlantirishdagi ishtiroki, xususan, Oʻzbekiston banklaridan birining aksiyalarini sotib olish tashabbusi bilan bilan bogʻliq masalalar koʻtarildi. Tomonlar loyihani amalga oshirish uchun keyingi harakatlarni belgilab, investitsiya qilishning turli mexanizmlarini koʻrib chiqdi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha hamkorlikni yana-da rivojlantirish borasidagi ustuvorliklar belgilab olindi va Yaponiya xolding kompaniyasining Oʻzbekiston bozorida ishtirokini kengaytirish maqsadida birgalikda ish olib borishni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring