Yil boshidan 364 kilogramm giyohvandlik vositalari, 88 ming dona psixotrop dorilar noqonuniy kirib kelishining oldi olingan

16:22 17 Fevral 2022 Siyosat
1119 0

Arxiv surat

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022-yilda bojxona maʼmurchiligini yanada takomillashtirish va sohani korrupsiyadan holi tizimga aylantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishda Prezident mamlakatimiz mintaqa markazida boʻlgani bois, kontrabandaga qarshi kurashish oʻta muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. 

Bu borada bir qator ishlar amalga oshirilayotgani, misol uchun:

- 2018-yilda 13 mingta uyali telefonlar qonuniy olib kirilgan boʻlsa, 2021-yilda bu raqam 3 milliondan oshgani; 

- yil boshidan 364 kilogramm giyohvandlik vositalari, 88 ming dona psixotrop dorilar hamda 181 milliard soʻmlik tovarlar noqonuniy kirib kelishi oldi olingani qayd etildi.

Yigʻilishda sohada qilinadigan ishlar hali koʻpligi qayd etildi.

Prezident imzolagan qonunga koʻra, bojxona organlarining vakolatlari kengayadi.

80 foiz tovar kirib keladigan 22 ta asosiy postni 3D-skaner, rentgen apparati, videokuzatuv kamerasi, server, transport tarozisi kabi uskunalar bilan jihozlash topshirigʻi berildi.

Ushbu maqsadlar uchun 370 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

Bundan tashqari, temir yoʻl orqali keladigan tovarlar boʻyicha maʼlumotlarning elektron almashinuvini yoʻlga qoʻyish vazifasi qoʻyildi.

Tegishli mutasaddilarga xalqaro joʻnatmalar boʻyicha axborot almashish tizimini joriy etish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер