2021-yil Turkiya turizmida xavfsizlik yili boʻladi

01:33 25 May 2021 Dunyo
1150 0

Xavfsiz turizmni sertifikatlash dasturini yoʻlga qoʻygan dunyodagi ilk davlatlardan biri boʻlgan Turkiya 2021-yilgi yoz mavsumiga ham yuqori darajada hozirlik koʻrmoqda. 

2020 - yilning iyun oyida boshlangan ayeroportlaridan transport vositalariga, turar joy muassasalaridan ovqatlanish joylarigacha boʻlgan sayyohlarga xizmat koʻrsatgan barcha nuqtalarning global sogʻliqni saqlash xavfsizligi standartlariga mos kelishini belgilab beradigan xavfsiz turizm sertifikati, 2 yil boshlanar ekan hozirgacha jami 9 ming 800 dan ortiq obyekt va transport vositalariga berilgan.

Turkiya 2021-yildan boshlab mazkur sertifikatni 30 va undan koʻp oʻrinli barcha tunash muassasalari uchun majburiy qildi. Turkiya, shuningdek, milliy emlash dasturi doirasida turizm xodimlariga ustuvorlik berib, yuqori xavfsizlik standartlari bilan 2021-yilning yoziga tayyor holga keldi.

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mexmet Nuri Ersoy, 21-23-may kunlari Antaliyada boʻlib oʻtgan Turkiyadagi xorijiy missiya elchilari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda 2021 - yil yozgi mavsumga tayyorgarlik haqida muhim maʼlumotlar berdi. 

«Turkiya, 2020- yilning iyun oyida dunyoda xavfsiz turizm sertifikatini joriy qilgan ilk davlatlardan biri boʻldi. 2020- yilda oʻlkamizga 16 million sayyoh tashrif buyurdi. Ularning xavfsizligi va sogʻligi biz uchun ortda qolgan yildagi eng ahamiyatli masala edi. Amalga oshirilgan xavfsiz, taʼsirli va tartibli dastur va chora-tadbirlar yordamida sertifikat dasturimiz ham oʻz sohasida dunyoning eng muvaffaqiyatli ishlari orasidan oʻrin egalladi, natijada mavsumni juda yaxshi oʻtkazdik. Avvalo, tunash muassasalarimizning 30 va undan koʻp oʻrinlilari uchun sertifikat dasturini majburiy etib belgiladik, keyinroq esa sertifikat olgan tadbirkorlarimiz buni davom ettira olishlar uchun dastur doirasidagi nazoratni kuchaytirdik. Milliy emlash dasturimiz doirasida bugungi kunga qadar Turkiyaga fuqarolariga 27 million dozadan ortiq vaksina qoʻllanildi. Turizm sohasi xodimlarimiz uchun birinchi oʻringa qoʻygan yemlash dasturi iyun oyida yana-da jadallashib boraveradi», deydi vazir Ersoy.

2021-yil Turkiya turizmida xavfsizlik yili boʻladi.

Vazir Ersoy oʻz soʻzini “oʻtgan yili xavfsiz turizmda yetakchi rol oʻynadik. 2021- yil esa emlash dasturi bilan yana-da xavfsizroq yil boʻladi. Joriy yilda mamlakatimizning barcha burchaklarida soni 10.000 dan oshadigan Xalqaro sertifikatli turizm muassasalarimiz bilan 2021 – yilgi yoz mavsumga tayyormiz” shaklida davom ettirdi.

Elchilar chora-tadbirlarni joyida sinab koʻrdilar.

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi va Turkiya turizmni targʻib qilish va rivojlantirish agentligi (TTRA) elchilarni Antaliyada tashkil yetilgan “Xavfsiz turizm tadbiri” da mehmon qildilar. Turkiya Respublikasining Madaniyat va turizm vaziri Mexmet Nuri Ersoy tadbirda soʻzga chiqib, Turkiya tomonidan xavfsiz turizmda koʻrilayotgan barcha chora-tadbirlarni mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlat vakillariga ham aynan oʻrgatishni maqsad qilganliklarini taʼkidladi.

Maʼlumot uchun: Oʻrta yer dengizida joylashgan va mashhur Bosfor tomonidan ajratib turiladigan Osiyo va Yevropa qitʼalarini bogʻlovchi Turkiya 2019- yilda 50 milliondan ortiq sayyohni kutib olgan. 

Turkiya haqida qoʻshimcha maʼlumotlar https://www.goturkiye.com / manzilida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер