2020-yilda eng koʻp haq olgan aktrisalar nomi eʼlon qilindi

12:53 03 Oktyabr 2020 Madaniyat
4177 0

Forbes 2020-yilda eng koʻp pul topgan aktrisalar reytingini eʼlon qildi. Unda kelib chiqishi kolumbiyalik boʻlgan amerikalik aktrisa, “Amerika oilasi” seriali bilan tanilgan Sofiya Vergara 43 mln. dollarlik daromad bilan birinchi oʻrinni egalladi.

U shou-biznesdan tashqari Walmart va Rooms To Go brendlari reklama kampaniyalaridan ham ancha mablagʻ ishlab olgan.

Ikkinchi oʻrinda 35,5 mln. dollar bilan Anjelina Joli bormoqda. Nashr maʼlumotiga koʻra, u barcha pulni kinodagi faoliyatidan topgan. Joli shuning uchdan bir qismini Marvel studiyasi tomonidan suratga olingan “Abadiy” filmi uchun gonorar sifatida olgan. Uning premyerasi 2021-yil boʻlib oʻtadi. Unda oʻynagan roli uchun aktrisaga 10 mln. dollar berildi.

Kuchli uchlikni “Moʻjiza ayol” va «Forsaj» filmlari yulduzi Gal Gadot 31,5 mln. dollar bilan egalladi. Shundan 20 mln. dollarini u “Qizil xabar qogʻozi” trilleridan ishlab oldi. Film kelgusi yili katta ekranlarga chiqadi. 

Seriallarning komik yulduzi va boshlovchi Melissa Makkarti 25 mln. dollari bilan toʻrtinchi oʻrindan joy oldi. Beshinchi oʻrinda faxriy aktrisa Meril Strip(24 mln. dollar) boryapti.

Keyingi pogʻonalardan Emili Blant (22,5 mln), Nikol Kidman (22 mln), Ellen Pompeo (19 mln), Elizabet Moss (16 mln) va Viola Devis (15,5 mln.) joy olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер