2020-yil byudjet pulini talon-toroj qilishda “yetakchi” boʻlgan viloyatlar eʼlon qilindi
Avvalroq, Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020-yilda byudjet intizomiga rioya etilishi va byudjet mablagʻlarning maqsadli foydalanishi yuzasidan 4 729 ta (2019-yilda 8 074 ta) nazorat tadbirlarida 246 mlrd.soʻm miqdorida byudjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlangani haqida xabar bergan edik.
Unga koʻra, mahalliy byudjetlar mablagʻlarini maqsadli sarflanishi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida jami 175,3 mlrd.soʻm miqdorida, jumladan Qashqadaryo (26,1 mlrd.soʻm), Andijon (19,8 mlrd.soʻm), Surxondaryo (16,5 mlrd.soʻm), Fargʻona (14,4 mlrd.soʻm), Toshkent (13,2 mlrd.soʻm), Jizzax (13 mlrd.soʻm), Samarqand (13 mlrd.soʻm), Sirdaryo (12,9 mlrd.soʻm), Namangan (12 mlrd.soʻm), Xorazm (6 mlrd.soʻm), Buxoro (3,6 mlrd.soʻm), Navoiy (2,4 mlrd.soʻm) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (13,8 mlrd.soʻm) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (8,1 mlrd.soʻm) qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring