2018 yilda Oʻzbekistonda YTH natijasida qancha odam halok boʻlgani maʼlum qilindi
Illyustrativ foto
2018 yil davomida Oʻzbekistonda yoʻl-transport hodisasi oqibatida 2262 odam halok boʻlgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.
Bu oʻrtacha bir kunda 6 nafar odam mudhish hodisalar qurboniga aylanganini bildiradi.
2017 yil bilan solishtirgan halok boʻlganlar soni 8,5 foizga kamaygan. Oʻshanda yil davomida 2473 kishi avtohalokatlar natijasida vafot etgandi.
Oʻtgan yilda tan jarohati olganlar soni 8458 nafarni tashkil qildi (2017 yilda 9637 kishi jarohat olgandi – 12,2% foizga kamaygan).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring