2017–2021-yillarda shifokor va hamshiralarning oylik maoshi 3 barobarga oshirildi

13:30 07 Yanvar 2023 Jamiyat
1039 0

Harakatlar strategiyasi  doirasida sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish hamda tibbiyot xodimlarining moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida shifokorlarning oʻrtacha oylik maoshi 984 ming soʻmdan 3 283 ming soʻmga, hamshiralarning oʻrtacha oylik maoshi esa 602 ming soʻmdan 2 009 ming soʻmga oshirildi.

2017–2021-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatgichi 67 foizga yetkazildi.

Harakatlar strategiyasi doirasida bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2017-yilgi 27,7 foizdan, 2021-yilda 67 foizga yetkazildi. Shuningdek, 5 188 ta majburiy bepul bir yillik, 7 164 ta qisqa muddatli, 10 955 ta toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari tashkil etilib, 566 ming nafar 6 yoshli bolalar maktabgacha taʼlim bilan qamrab olindi.

2017–2021-yillarda aholi jon boshiga YAIM 2,7 foizdan 5,3 foizga oʻsdi.

Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida aholi jon boshiga YAIMning ulushi 2017-yilgi 2,7 foizdan, 2021-yilga kelib 5,3 foizga yetdi. Shuningdek, Jahon bankining prognozlariga muvofiq, 2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi yuqori iqtisodiy oʻsishi kutilayotgan yetakchi davlat sifatida qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер