20- oktyabr – Butunjahon statistika kuni
Foto: Illustrativ surat
“Open data Inception” tashkilotining maʼlumotiga koʻra, jahon mamlakatlari orasida Oʻzbekiston 124 ta ochiq maʼlumotlar manbalari bilan ochiq maʼlumotlar manbalari soni boʻyicha jahonda 4-oʻrinni egalladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat kuzatuvi 2022”da “Ochiq davlat maʼlumotlari indeksi” boʻyicha Oʻzbekiston eng yuqori (Very High OGDI) koʻrsatkichiga ega boʻlgan mamlakatlar orasidan joy olgan. Jami ushbu indeksda 193 ta mamlakat baholangan.
Mamlakatlarning milliy statistika tizimini rivojlanganlik darajasini baholab boradigan Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”da Oʻzbekiston 67,8 ball bilan 154 ta davlat orasidan 61- oʻrinni egallagan.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasining kengaytirilgan Maʼlumotlarni tarqatishning umumiy tizimida 24 ta yoʻnalish boʻyicha 422 turdagi Oʻzbekiston Respublikasining makroiqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy statistik koʻrsatkichlar toʻplamlarini eʼlon qilib borilishi yoʻlga qoʻyildi.
Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Milliy Barqaror Rivojlanish maqsadlariga erishishni monitoring qilish boʻyicha veb-sayt (nsdg.stat.uz) ishlab chiqilib, oʻzbek, rus va ingliz tillarida ishga tushirilgan.
Hozirgi kunda, Oʻzbekiston Respublikasining yangilangan va takomillashtirilgan Ochiq maʼlumotlar portalida jami 4,5 mingdan ortiq maʼlumotlar toʻplamlari 3 tilda (oʻzbek, rus va ingliz tillarida) joylashtirilgan.
Ochiq maʼlumotlar reytingida (Open Data Inventory - ODIN) Oʻzbekiston Respublikasi 63 ballni toʻplab, reytingda 125 ta pozitsiyaga koʻtarilib, dunyoda 44-oʻrinni, Markaziy Osiyoda esa 1-oʻrinni egalladi.
Davlat statistika qoʻmitasi tizimida soha rivojida bor kuch va salohiyatini ayamay mehnat qilayotgan barcha xodimlarni 20- oktabr — “Butunjahon statistika kuni” bilan tabriklaymiz.
Sizlarga doimo sogʻlik-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz!
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring