20-dekabr kuni poytaxtimizdagi ayrim tumanlarda suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

12:32 19 Dekabr 2022 Jamiyat
569 0

Illustrativ foto

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ ning rasmiy bayonotiga koʻra, Toshkent shahri Sergeli tumani Qipchoq koʻchasidan oʻtuvchi yer usti metro yoʻli qurilish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan diametri 1000 mm boʻlgan ichimlik suvi tarmogʻini koʻchirib oʻtkazilgan qismini qayta ulash ishlari vaqtida, yaʼni 20-dekabr soat 9:00 dan 21-dekabr soat 9:00 gacha quyidagi manzillarda ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:

Sergeli tumanida:

“Qorasuv”, “Taraqqiyot”, “Xonabod”, “Qushbegi”, “Xonabodtepa”, “Quruvchilar”, “Daryo boʻyi”, “Fayzli”, “Jaloir”, “Qipchoq”, “Sugʻdiyona”, “Oʻzgarish”, “Habibiy”, “Temir yoʻlchi”, » Shukur Burxonov», “Yangi Sergeli”, “Tinchlik”, “Guliston”, “Bobur”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Humo” mahallalarida.

1-sektor shtabi, qabriston, masjid, asfalt zavodi va turli ishlab chiqaruvchi korxonalar. 8-qozonxona, TBK nasos stansiyasi, yongʻinga qarshi kurashish boʻlimi, “Rersi” zavodi, “Paxta tola” zavodi, gʻisht zavodi, bojxona ombori, 25-sonli oʻrta maktab.

Yangihayot tumanida:

“Qipchoq”, “Yoʻldosh”, “Al-Fargʻoniy”, “Viqor”, “Olchazor”, “Doʻstlik”, “Chortoq”, “Charagʻon”, “Toshkent” mahallalarida.

1-sonli tugʻruq kompleksi, 37-sonli poliklinika, teri-tanosil shifoxonasi, oʻlikxona, Yangihayot tuman hokimiyati, metall zavodi, 12-avtobus parki, “Green park”, “Evrika” xususiy bogʻchasi.

Suvsiz qolgan hududlarga ichimlik suvi maxsus transport vositalari yordamida yetkazib beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер