Ikkita “Afrosiyob” zamonaviy poyezdida intranet tizimi ish boshladi
Ikkita “Afrosiyob” zamonaviy poyezdida intranet tizimi ish boshladi.
«Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi» AJ axborot xizmati xabariga koʻra, ushbu intranet tizimida “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarida yoʻlovchilar, nafaqat mamlakatimiz balki dunyoda yuz berayotgan yangiliklar va oʻzgarishlar haqida maʼlumotlarni koʻrib, oʻqib hamda tomosha qilib borish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shuningdek, intranet tizimida yoʻlovchilarga musiqa tinglab, klip va filmlar tomosha qilish imkoniyatlari yaratiladi.
Bugundan boshlab bu tizim “Toshkent — Buxoro” yoʻnalishida harakatlanadigan 762-sonli hamda “Toshkent— Qarshi” yoʻnalishida harakatlanadigan 760-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarida ishga tushirildi. Joriy yil 21-sentyabrdan boshlab, 766-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdida ham intranet tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Bu tizim bosqichma-bosqich amalga oshirilib, yaqin kunlarda yana 2 ta “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarida ham ishga tushirish koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring