19 kilogramm “gashish” giyohvandlik vositasining kontrabandasiga chek qoʻyildi
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.
Xususan, Yangiqoʻrgʻon tumanida istiqomat qiluvchi, 1975-y.t. fuqaroning yashash xonadonida Qirgʻiz Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan 9 kg. 766 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Andijon – Namangan yoʻnalishida harakatlanayotgan, Paxtaobod tumanida yashovchi, 1995-y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Uychi tumani hududida toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.
Natijada, uning salon qismida Qirgʻiz Respublikasidan olib kelingan
1 kg. 379 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Piskent tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan keltirilib, xufiya joyga yashirib ketilgan 8 kg “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtlarida Fargʻona viloyatida yashovchi, 1975 va 1981-yillarda tugʻilgan 2 nafar shaxs ushlandi.
Shuningdek, Bekobod shahrida yashovchi, 1996-y.t. fuqaro ushbu giyohvandlik vositasini muqaddam mazkur joyga qoldirib ketganligi aniqlanib, u ham qoʻlga olindi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring