18-aprel kuni ayrim joylarda qor yogʻishi kutilmoqda

12:09 17 Aprel 2026 Jamiyat
155 0

Foto: “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” agentligi 18-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kunning birinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9°, kunduzi 19-21° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 18-23° boʻladi.

ToshkentSirdaryoJizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 18-23° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 20-25° boʻladi.

AndijonNamangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 18-23° boʻladi.

Respublikaning togʻli va togʻoldi hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° gacha sovuq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер