18-40 yoshli 12,6 million nafar aholi profilaktik koʻrikdan oʻtkaziladi — Sogʻliqni saqlash vazirligi

11:40 01 Mart 2023 Jamiyat
404 0

Foto: Arxiv surat

Prezidentimizning “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi farmoni qabul qilindi.

Unga muvofiq, 2023-yilda:

— 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlari tashkil etiladi.

18-40 yoshli 12,6 million nafar aholi profilaktik koʻrikdan, 40 va undan katta yoshdagi surunkali kasalligi boʻlmagan 6,3 million nafar kishi yurak qon-tomir kasalliklari va qandli diabet, 3 million aholi onkologik kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha skrining tekshiruvlaridan oʻtkaziladi.

Spinal mushak atrofiyasi bilan kasallangan 112 nafar bola dori vositalari bilan taʼminlanadi.

Eshitish zaifligi mavjud boʻlgan 250 dan ortiq bolalarda koxlear implantatsiya operatsiyalari oʻtkaziladi, shuningdek, bunday amaliyotlar bajarilgan 132 nafar bolada nutq protsessorlari almashtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер