177 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Misrdan olib chiqildi
Arxiv surat
2020-yil 18-mart kuni Misrda boʻlgan 177 nafar oʻzbekistonlik yoʻlovchilarni keltirish uchun “Sharm ash-Shayx — Navoiy” charter reysi tashkil etildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning Qohira shahridagi elchixonasi TIVning Operativ shtabi va mamlakatning Transport va Sogʻliqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda, 2020-yil 18-mart kuni Misrda boʻlgan 177 nafar oʻzbekistonlik yoʻlovchilarni keltirish uchun “Sharm ash-Shayx — Navoiy” charter reysini tashkillashtirgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi elchixonasi Shtabining aloqa maʼlumotlari:
elchi Oybek Usmonov, +20233364516;
Sherzod Yoqubov, 2-kotib, +20233364516, +201024532719;
Durbek Xolbekov, 2-kotib, +20233364516, 201063085419;
Elektron manzil: shtabegypt@gmail.com;
Telegram: @shtabegypt, raqam: +201024532719.
Bundan oldin, Erondan 37 nafar oʻzbekistonlik olib kelingandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring