17 nafar professor-oʻqituvchiga ilmiy unvon berildi

18:20 01 Oktyabr 2024 Jamiyat
1336 0

2024-yil 28-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutda faoliyat yuritayotgan 17 nafar professor-oʻqituvchilarga professorlik va dotsentlik ilmiy unvonlari berildi.

​

Hozirgi kunda ushbu dargohda jami 130 nafarga yaqin professor–oʻqituvchilar pedagogik faoliyat olib bormoqda. Shundan 9 nafar professor, 24 nafari dotsent jami 33 nafar ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega.

​

Ilmiy unvon olgan pedagoglarni inobatga olgan holda institutning ilmiy salohiyatini tahlil qiladigan boʻlsak, 48,3 foizni tashkil etadi.

​

Shuningdek, oliygohda tayanch doktoranturada hamda mustaqil izlanuvchi sifatida 20 nafarga yaqin yosh izlanuvchilar oʻzlarining dissertatsiya ishlarini yakunlamoqda. Shuningdek, joriy oʻquv yilining oʻzida 12 nafar turdosh xorijiy OTMning taniqli professor-oʻqituvchilari pedagogik faoliyatga jalb etilgan.

​

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер