16-oktyabrdan boshlab Toshkent-Markaziy vokzali oʻz faoliyatini avvalgi jadval boʻyicha boshlaydi
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “Oʻzbekiston” poyezdlari va “Toshkent – Volgograd – Toshkent” yoʻnalishida harakatlanuvchi yoʻlovchi poyezdlar avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadi.
Hozirda Toshkent-Markaziy vokzali va Toʻqimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xovos, Bekobod yoʻnalishlaridagi poyezdlar 16-oktabr sanasidan boshlab Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring