150 mingga yaqin soxta akkauntlar orqali firibgarlik qilib kelgan jinoiy guruh qoʻlga olindi
Ukraina Kiberpolitsiyasi Vinnitsa, Zaporoje va Lvov shaharlarida kiberfiribgarlik jinoyati boʻyicha gumonlanayotgan jinoiy guruhning 100 dan ortiq aʼzolarini qoʻlga olgan.
Kiberjinoyatchilar maxsus qurilmalardan foydalanib 150 mingga yaqin turli aloqa kompaniyalari “SIM-karta”lari orqali soxta akkauntlar yaratishgan.
Soxta akkauntlar turli koʻrinishdagi kiberfiribgarliklarni amalga oshirish uchun foydalanilgan.
Hozirda Ukraina Milliy politsiyasi tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring