15-may — Xalqaro oila kuni

10:43 15 May 2022 Jamiyat
1925 0

Arxiv surat: “Xalq soʻzi”

15-may jahon miqyosida Xalqaro oila kuni (International Day of Families) hisoblanadi.

Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentyabrdagi Xalqaro oila yili toʻgʻrisidagi rezolyutsiyaga muvofiq 1994-yil 15-maydan buyon muntazam nishonlanib kelinadi.

Prezidentning 2018-yil 27-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, 15-may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika boʻylab keng nishonlanishi belgilangan.

Xalqaro oila kunini oʻtkazishdan maqsad jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlarga va oila instituti bilan bogʻliq muammolarga qaratishdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер