15-aprel kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʼlum qilindi
“Oʻzgidromet” 15-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga yaqin 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 26-28 daraja issiq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechga yaqin biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja issiq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja issiq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 14-19 daraja issiq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring