14 kunlik izolyatsiya muddatini qisqartirish mumkinmi? JSST izohi

22:32 08 Sentyabr 2020 Dunyo
1160 0

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassisi Mariya van Kerkxove koronavirusga chalingan bemor bilan aloqada boʻlganlar uchun joriy etilgan ikki haftalik karantin muddatini saqlab qolishni tavsiya qildi.

JSST vakilining taʼkidlashicha, hozirda bir qator mamlakatlar tomonidan PSR-testlarini koʻpaytirgan holda ikki haftalik izolyatsiya muddatini qisqartirish mumkinmi yoki yoʻq deya savol berilmoqda.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, tashkilot ayni paytda shunday imkoniyat joriy etishni koʻrib chiqmoqda, ammo qoʻshimcha tadqiqotlar natijalari olinmaguncha 14 kunlik izolyatsiya chorasini bekor qilmaslik maqsadga muvofiqdir.

Infeksiya yuqqanidan boshlab birinchi alomatlar paydo boʻlgunga qadar davom etadigan inkubatsiya davri 2 kundan 10 kungacha davom etishi mumkinligini yana bir bor eslatgan Mariya van Kerkxove “Shu bois 14 kun - bu haqiqatan ham virus tarqalishining oldini olishga yordam beradigan paytdir”, deya xulosa qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер