138 mingdan ortiq xonadon vaqtinchalik gaz taʼminotidan uzildi
Joriy yilning 27-aprel kuni kechqurun Buxoro viloyatida sodir boʻlgan kuchli shamol va yomgʻir natijasida gaz quvurlari va gaz taʼminoti tizimining boshqa obyektlarida 120 dan ortiq avariya holatlari aniqlandi. “Shofirkon-1”, “Shofirkon-2”, “Peshku-1”, “Peshku-2”, “Romitan-2”, “Romitan-3”, “Romitan-4”, “Jondor-1”, “Izvestkovыy”, “Gʻijduvon”, “Shofirkon-2” kabi gaz taqsimlash stansiyalari (GRS) va “Gʻijduvon”, “Olot” va “Qorakoʻl” kabi yoʻnalishlar favqulodda oʻchirilgan.
Bu haqda “Hududgaztaʼminot“ AJ matbuot xizmati xabar berdi.
138 mingdan ortiq xonadon vaqtincha gaz taʼminotidan uzilgan. Jumladan, Navoiy viloyatining Konimex, Navbahor, Qiziltepa, Karmana tumanlarida 21 557 ta, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 6100 ta, Buxoro viloyatining Buxoro, Kogon, Romitan, Peshku, Gʻijduvon, Shofirkon, Qorovulbozor, Vobkent, Jondor, Qorakoʻl va Olot tumanlarida 110 490 ta, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi, Ishtixon, Narpay tumanlarida 141 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoldi.
“Hududgaztaʼminot” AJning hududlardagi tarkibiy boʻlinmalarining tezkor tiklash guruhlari tabiiy ofat sababli zarar yetgan joylarda taʼmirlash ishlarini boshlab yuborishdi. Hududlar kesimida aholiga tabiiy gaz yetkazib berishni qayta tiklash toʻgʻrisidagi maʼlumot qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi.
"Isteʼmolchilar diqqatiga! “Hududgaztaʼminot” AJ aholidan tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilishni soʻraydi. Gaz taʼminoti tizimida nosozliklar, gaz sizib chiqishi yoki boshqa favqulodda vaziyatlar aniqlanganda, darhol avariya-dispetcherlik xizmatining 104 yoki 1104, 71 200-08-04 raqamlariga xabar bering" deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring