13 mln. AQSH dollariga teng ekologik toza qishloq xoʻjaligi texnikasi platformasini yaratish loyihasi amalga oshiriladi
Innovatsion rivojlanish vazirligi, “UzTEST” markazi, Chirchiq shahar hokimligi vakillaridan iborat delegatsiya Koreya respublikasida ishchi safarda boʻlib turibdi. 14-noyabr kuni safar doirasida “Oʻzbekiston uchun ekologik toza qishloq xoʻjaligi texnikasi platformasini yaratish” loyihasining bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda Koreya tomondan Koreya mashinasozlik sanoati assotsiatsiyasi (KOAMI), Jeonbuk Technopark vakillari ishtirok etdi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan muzokaralarda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijrochi direktori Bunyodjon Oxunov, Ilm-fan va innovatsion faoliyatga investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshligʻi Umidjon Hoshimov va bosh mutaxassisi Farxodjon Qudratov, shuningdek Surxondaryo viloyat innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshligʻi Sherxon Kichkilov qatnashdi.
“Oʻzbekiston uchun ekologik toza qishloq xoʻjaligi texnikasi platformasini yaratish” loyihasi Koreya yuqori texnologiyalar instituti (KIAT) tomonidan amalga oshirilib, uning umumiy qiymati 13 mln. AQSH dol.ga teng. Shundan 10 mln. AQSH dollari Janubiy Koreyaning ODA dasturi begʻaraz koʻmagi asosida, 3,0 mln AQSH dol. “Oʻzavtosanoat” AJ tomonidan moliyalashtirilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida R&D tadqiqot markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi texnikalarini ekologik toza siqilgan tabiiy yoqilgʻisiga oʻtkazish koʻzda tutilgan. Uchrashuvda markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib borildi.
STG-4 gaz balonli uskunalarning zamanoviy avlodi boʻlib, dvigatel uchun xavfsiz, kam harajatli hamda gaz balonning ishlashiga haydovchining aralashuvini minimal talab etuvchi uskuna hisoblanadi.
Ushbu loyiha doirasida R&D-tadqiqot markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi texnikalarini ekologik toza siqilgan tabiiy gaz yoqilgʻisiga oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring