13-iyul kuni ayrim hududlarda yomgʻir yogʻadi
“Oʻzgidromet” 13-iyul, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +24...+26 daraja, kunduzi +32...+34 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Ustyurtda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon boʻlish ehtimoli bor. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +29...+34 daraja boʻladi.
Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon boʻlishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +29...+34 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Navoiy viloyati shimolida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon boʻlishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +33...+38 daraja boʻladi.
Toshkent viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon boʻlishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +21...+26 daraja, kunduzi +30...+35 daraja boʻladi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon boʻlishi mumkin. Harorat kechasi +21...+26 daraja, kunduzi +30...+35 daraja boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon boʻlishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +34...+39 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +30...+35 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring