13-fevral kuni qaysi hududlarda qor yogʻishi aytildi
Foto: “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 13-fevral kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Buxoro viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.
Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring