11 oyda 15,2 ming nafardan ortiq oʻzbekistonliklar AQSHga safar qilgan
2025-yilning yanvar–noyabr oylarida jami 15 259 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda AQSHga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Ularning safar maqsadlari boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:
- sayohat – 10 841 nafar;
- qarindoshlarni yoʻqlash – 3 750 nafar;
- oʻqish – 333 nafar;
- xizmat yuzasidan – 307 nafar;
- davolanish – 28 nafar.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,2 ming nafarga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring